IMOM SHOTIBIY “HIRZUL AMONIY VA VAJHUT TAHONIY” ASARINING QIROAT ILMIDA TUTGAN O‘RNI

Authors

  • Umarova Nilufar Ulug‘bek qizi, Author

DOI:

https://doi.org/10.1808/7wvra514

Keywords:

Imom Shotibiy, Hirzul amoniy va vajhut tahoniy, Doniy, Taysir, qasida, manzuma, qiroat imomlari, fardiy ramzlar, jam’iy ramzlar

Abstract

Ushbu maqola hijriy VI asrda Andalusiyaning Shotiba shahrida tug’ilgan buyuk qiroat imomi – Qosim bin Firruh bin Xalaf bin Ahmad Abul Qosim abu Muhammad ash-Shotibiyning hayoti va ilmiy faoliyati hamda uning eng mashhur asari bo’lmish “Hirzul amoniy va vajhut tahoniy” manzumasi haqida yozilgan. Olimning hayot va ijod yo’li haqida, asosan, arab va turk tillarida yetarlicha ma’lumotlar uchraydi, ammo ularning aksariyati bir-birini takrorlaydi. Shotibiy  qiroat olimi sifatida tanilgan bo’lsada, u shuningdek, muhaddis, nahvshunos, ko’plab karomatlar sohibi bo’lgan valiy zot edi.

Ko’zlari ko’r holatda tug’ilgan buyuk Imom ilm talabida Valensiyaga safar qiladi. Safari davomida ko’plab olimlardan ilm o’rganadi, hadislar rivoyat qiladi. Keyinchalik Haj safariga otlanadi. U yerdan qaytib, Qohirada qo’nim topadi. U yerda ko’plab shogirdlar yetishtiradi, Qozi Fozil huzurida madrasada mudarrislik qiladi va shu yerda vafot etadi.

Manbalarda uning bir necha manzumalari, qasidalari borligi aytiladi. Ayniqsa, uning “Hirzul amoniy va vajhut tahoniy” asari qiroat ilmida eng asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Manzumada muallif Doniyning “Taysir” asarini nazmga solib, unda yetti mutavotir qiroatning o’ziga xos jihatlari hamda ularning imomlari haqida yozadi. Hozirgi kunga qadar ushbu asar qiroat ulamolari tomonidan mo’tabar asar sifatida qadrlanadi. Hattoki, yetti mutavotir qiroatdan ijozasi bor qorilar ham Shotibiyning ushbu asarini yodlamaguncha tom ma’noda yetti qiroat sohibi hisoblanmaydi.

Maqolada asarni yozishda qo’llanilgan uslub, uning mundarijasidagi metod, jam’iy va fardiy ramzlar haqida ham so’z yuritiladi.

References

Abdulfattoh al-Qozi. Al-Vafi fi sharhi ash-Shotibiyya. (2015). Qohira: Dorus salom.

Abdulhamid bin Solim bin Ruvayjah al-Uluvviy as-Soidiy. (2005). Al-Mufid fi sharhil Qosid li Alamiddin Qosim bin Ahmad al-Andalusiy al-Varoqiy. Al-Mamlakat al-Arabiyyatu as-Su’udiyya: Vizarot ta’lim ala-a’liy al-jami’atu al-islamiyyatu bil Madinati al-Munavvara kulliyatu Qur’ani al-Karim va ad-dirosati al-islamiyya qismi al-qiroat.

Abdurrahim bin Abdulloh bin Umar ash-Shanqitiy. Halat ash-Shotibiyya miat Taysir. (2010). Majallatu ma’had al-Imam ash-Shotibiy lid dirosatil Qur’aniyya.

Ehli sünnet büyükleri.com. ŞÂTIBÎ (Kâsım bin Fîrruh el-Endülüsî) - İslam Alimleri Ansiklopedisi - ehlisunnetbuyukleri.com | İslam Alimleri | Evliya Hayatları.

Eren Pilgir. (2020). Kıraat edebiyatında ve tedrisatında manzum eser geleneği: Hırzul-emani örneği. Istanbul.

Halil Rashid Ahmad. Infirodat al-qurro as-sab’. (2013) Bayrut: Doru ibn Hazm.

Ibn Jazariy. G’oyatun nihoya. (2006). Livan: Dorul kitab ilmiyya. J 2.

Ibn Xaldun. Muqaddima. (2004). Damashq: Dorul Balxiy. J 2.

Imom Shotibiy. Hirzul amoniy va vajhut tahoniy. (2016). Livan: Dorul bashar al-islamiy.

İslam ansiklopedisi. (2010). J 38. Türkiye diyanet vakfi.

Muhammad Fuad Abdulbaqi. Jomi’u as-sahih Muslim. Daru ihyai kutub al-arobiyya.

Muslim. Sahihi Muslim. (2014). Livan: Dorut tasil. J 2.

Qiftiy. Inbahur ruvat. (1986). Qohira: Dorul fikr al-arabiy. J 4.

Shayboniy. Musnad. Jam’ul Qur’an va fadailuhu.

Solih Ahmad as-Shomiy. Musnad Imom Ahmad ibn Hanbal. Damashq: Dorul qolam. (2013). J 1.

Downloads

Published

2024-10-11

How to Cite

Umarova Nilufar Ulug‘bek qizi,. (2024). IMOM SHOTIBIY “HIRZUL AMONIY VA VAJHUT TAHONIY” ASARINING QIROAT ILMIDA TUTGAN O‘RNI . INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENCE AND TECHNOLOGY, 1(23), 38-50. https://doi.org/10.1808/7wvra514

Similar Articles

41-50 of 689

You may also start an advanced similarity search for this article.