OMON MUXTOR ROMANLARIDA OBRAZLILIK
##semicolon##
https://doi.org/10.1808/kkahxf65Abstrak
Omon Muxtor jahon adabiyotini ko‘p o‘qigan, yetarlicha tajriba to‘plab Sharq an’analarini unutmagan holda badiiy asarlar yaratishiga guvohi bo‘lamiz. “Ffu” romani 1993-1995-yillar oralig‘ida yaratilgan bo‘lib, adib uni rivoyat-roman deb izohlaydi. Hajmi juda ham kichik – 72 betdan iborat. Romanda aniq bir vaqt yoki makon tasvirlanmasa-da, undagi, milliy urf-odatlar tarixiyligini bildirib turibdi. Asar ertak, rivoyatga o‘xshaydi, undagi voqealar rivoji, syujeti, kompozitsiyasi, obrazlari, asarning boshlanishi, voqealar rivoji, xulosa qismlarida xalq og‘zaki ijodi unsurlari yaqqol kuzatiladi. Asarda sehr-jodu motivi qo‘llangani, ijodkorga o‘zining badiiy konsepsiyasini ifodalashda asosiy ro‘l o‘ynagan va romanning falsafiy mushohadakorligini ta’minlagan. Asar ishtirokchilari ham u qadar ko‘p emas. “Sirtdan qaraganda hozirgi davr adabiyoti eksperemental adabiyotdek taassurot qoldiradi. Haqiqatdan ham keyingi yillarda shunday asarlar vujudga keldiki, ularning zamirida yotgan adiblar niyatini maxsus tayyorgarliksiz anglash qiyin. Chunki ular an’anaviy usulda emas, G‘arbning modernizm adabiyot atalmish yo‘nalishida yozilgan. Ma’lumki bu tarzdagi adabiyotda obyektiv olam, voqelik, inson, uning xatti-harakatlari, u yashagan yoki yashayotgan jamiyat muhiti, mafkurasi yozuvchining tasvir obyekti bo‘lmay, balki insonning unga munosabati, to‘g‘rirog‘i uning tafakkur yo‘nalishi asosiy obyekt sanaladi…
##submission.citations##
Karimov Hakimjon. Oʻzbek romanlarining taraqqiyot tamoyillari. – T., 2008. –76-bet
Omon Muxtor. Uzun yoʻlakdagi ikki kishi. T.: Oʻzbekiston, 2011.– 418-bet
Omon Muxtor. Ming bir qiyofa. – T.: Sharq, 1994. 3- bet
Normatov.U. Ijod sehri. – Toshkent: Sharq, 2007. – 229 b.